avatar
Куч
4.70
Рейтинг
+1.73

Rajabova Rohila Qodirbergan qizi

Мақолалар

Sizni sog'inaman

Блог им. rayway

Sizni sog'inaman yulduzga qarab,


Siz ham yulduzga qarab turganday,


Sizni sog'inaman osmonga qarab,


Oyga tikilaman habar kutganday.


 


Shamollar menga goh sirli gap aytar


Tushuna olmasdan qolaman yonib,


Sog'inchimni olib ortiga qaytar


Balki o'rtar sizni azobga qorib.


 


Sog'inib ketaman yomg'irlar yog'ib


Yaralganda dilda mungli bir sado,


Balki shu on siz tomon og'ib


Aks sado berar qalbingiz jo'shib.

Sensiz

Блог им. rayway

Mana,bir umrni yashadim sensiz,


Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib 


Tobuting boshida cho'kkanimda tiz


Farzandlar ko'tardi qo'limdan tutib.


 


Mayus taqdiringga yashab men sherik,


Mushkul bo'layotir shodlik yaratmoq.


Nega tirik ekan tashlab ketmading,


Tashlab ketmadingda,boshlab ketmading.